07.08.2026
Internet xizmatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida ogohlantirish
Hurmatli abonentlar!
Sizga shuni ma'lum qilamizki, Samarqand shahri, Ilgʻor hamda unga tutash hududlarda ayni vaqtda keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar jarayonida aloqa tarmoqlariga tegishli tayanch ustunlari demontaj qilinishi hamda telekommunikatsiya kabellarining qurilish texnikalari tomonidan bir necha marotaba shikastlanishi holatlari kuzatilmoqda. Shu sababli, mazkur manzilda internet xizmatlarining uzluksiz va barqaror ishlashini to‘liq kafolatlash imkoniyati vaqtincha mavjud emas.
Qurilish ishlari yakunlanib, telekommunikatsiya infratuzilmasini xavfsiz tarzda qayta tiklash imkoniyati yaratilgach, internet xizmatlari odatdagi tartibda va barqaror ravishda ko‘rsatilishi ta'minlanadi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ko‘rsatgan tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.